Assalomu alaykum! 🙏 Men — Qurbonova Gulnoza, Komiljonova Irodaxonning onasiman. Qizim 2017-yil 11-iyulda tugʻilgan.
Irodaxon atigi 4 oyligidan boshlab doimiy ravishda qon quyilishiga muhtoj. Har 20 kunda unga yuvilgan eritrotsitlar massasi quyiladi. Qizimga qo‘yilgan tashxis — Beta-talassemiya.
Afsuski, hozirda O‘zbekistonda bu kasallikning to‘liq davosi mavjud emas. Biz faqat qizimning holatini ushlab turish bilan ovora bo‘lyapmiz.
Lekin bu dardning yagona davosi bor — bu suyak iligi transplantatsiyasi. Bu og‘ir operatsiyani Turkiyaning “Acibadem” klinikasida amalga oshirish mumkin.
🔬 Klinikadan kelgan shifokorlar Irodaxonni koʻzdan kechirishdi va uni imkon qadar tezroq, 8 yoshgacha operatsiya qilish kerakligini aytishdi.
Biz Irodaxonning ukasi bilan donorlik mosligini tekshirtirdik, ammo afsuski, genetik moslik aniqlanmadi. Endi esa begona donor topishimiz va xalqaro donor bankidan qidirishimiz kerak.
💔 Bunday operatsiya uchun katta miqdorda mablag‘ talab qilinadi. Biz oilaviy imkoniyatlarimiz bilan bu mablag‘ni yig‘a olmayapmiz...
📢 Shuning uchun siz, mehribon va saxiy insonlardan, Irodaxonning hayoti uchun yordam so‘rayman. Qizim ham boshqa sog‘lom bolalar kabi kulib yashashni xohlaydi.
Iltimos, bizni yolg‘iz qoldirmang... Har qanday yordam biz uchun katta najot!
Alloh barchangizdan rozi bo‘lsin.
📿 Tushunganingiz va e’tiboringiz uchun tashakkur.